17:27 / 11.01.2019
4 624

Shavkat Mirziyoyev Samarqanddagi Konfutsiy maydonini ko‘zdan kechirdi (foto)

Shavkat Mirziyoyev Samarqanddagi Konfutsiy maydonini ko‘zdan kechirdi (foto)
Prezident Shavkat Mirziyoyevning avvalgi tashrifi chog‘ida berilgan topshiriqlarga muvofiq Samarqand davlat universiteti yonida buyuk mutafakkir Konfutsiy haykali o‘rnatildi. Haykal atrofidagi mo‘’jaz maydonda qadimgi Xitoy an’analariga xos ayvonlar barpo etildi. Shu yerdagi to‘qqiz qavatli o‘quv va ma’muriy binoda qurilish ishlari amalga oshirilib, uning har bir qavati rivojlangan xorijiy mamlakatlarning nufuzli oliy ta’lim muassasalari andozalariga moslashtirildi.

Bu yerda xalqaro ta’lim dasturlari markazi tashkil etilmoqda. Unda Xitoy, Janubiy Koreya, Yaponiya, Hindiston va Yevropa Ittifoqi davlatlari universitetlaridagi eng yaxshi tajribalar o‘rganiladi.

Davlatimiz rahbari markaz loyihasi bilan tanishib, mutasaddilarga tegishli topshiriqlar berdi, deb xabar bermoqda Prezident matbuot xizmati.

Shuningdek, shu yerda Samarqandda turizmni rivojlantirish, kongress-xol va mehmonxonalar qurishga oid ko‘plab loyihalar namoyish etildi.
Prezidentimiz tashabbusi bilan Samarqandda Konfutsiy instituti va “Ipak yo‘li” xalqaro turizm universiteti ochilgan.



arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Shavkat Mirziyoyev Samarqanddagi Konfutsiy maydonini ko‘zdan kechirdi (foto)