23:50 / 11.01.2019
5 296

Surxondaryoga kirib kelgan yuk poyezdidan portlovchi modda topildi

Surxondaryoga kirib kelgan yuk poyezdidan portlovchi modda topildi
Surxondaryo viloyati bojxona boshqarmasi “Boldir” temir yo‘l chegara bojxona posti xodimlari qo‘shni Turkmaniston Respublikasidan mamlakatimiz hududiga kirib kelgan yuk poyezdi vagonlarining biriga joylashtirilgan portlovchi modda hamda uning bir dona detonatorini ushlab qoldi, deya xabar qilmoqda O‘zA.

Xabarda aytilishicha tungi soat 2.00 larda (sanasi ma’lum qilinmagan. Tahr.) Vatanimizga kirib kelgan yuk poyezdi bojxona nazoratidan o‘tkazilganda tarkibidagi vagonlardan birining ko‘z ilg‘amas joyiga qizg‘ish rangli “Trotilovaya shashka ves 200 gramm” nomli portlovchi modda va uning bir dona detonatori ustomonlik bilan joylashtirilgani aniqlanib, to‘xtatib qolingan.

Ushbu holat bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Surxondaryoga kirib kelgan yuk poyezdidan portlovchi modda topildi