23:06 / 15.01.2019
9 013

"Superpolitsiya": o‘zbek militsiyasi qulay va ko‘rkam formaga o‘tishi kutilmoqda

"Superpolitsiya": o‘zbek militsiyasi qulay va ko‘rkam formaga o‘tishi kutilmoqda
O‘zbekiston IIV idorasida yangi forma namunalari ko‘rilmoqda va yaqin oylarda u o‘zbekistonliklar e’tiboriga havola qilinadi, dedi seshanba kuni bo‘lib o‘tgan brifingda Toshkent shahar IIBB boshlig‘i general-mayor Rustam Jo‘rayev.

"Rahbar sifatida sizlarga aytmoqchiman, forma yoki militsiya nomi o‘zgargani bilan masala hal bo‘lmaydi. Muhtaram yurtboshimiz biz uchun yangi o‘quv muassasasini ochayapti. Nega? Chunki bugun biz yangi xodimlarni shakllantirishimiz kerak. Yangi forma kiyganimiz bilan "eski hammom, eski tos" bo‘ladigan bo‘lsa, kimga kerak bu?", - dedi Sputnik muxbirining savoliga javoban Toshkent shahar IIBB rahbari Rustam Jo‘rayev.

Jo‘rayevning aytishicha, forma tanlashda bir nechta davlatlar formalari ko‘rib chiqilgan.

"Sifat va rang jihatdan eng sarasi tanlab olinmoqda. Forma ham ko‘rkam, ham funksional, ham qulay bo‘lmog‘i lozim. Ichki ishlar idoralari bo‘linmalari ko‘p - post patrul xizmati, tergov bo‘limi va hokazo. Har bir bo‘linmaning o‘z ehtiyojlari bor. Misol uchun, boshqa davlatlar post-patrul xizmatlarini ko‘rib chiqqanimizda, ular sal qolmasa krossovkada yurishlariga guvoh bo‘ldik. Chunki patrul xizmati xodimi yugurishi va (qonunbuzarlarni) ushlashi kerak. Shu bois, ularning formasi qulay va g‘ijim bo‘lmaydigan bo‘lmog‘i lozim. Bunday forma shimiga strelka ham kerak emas. Bizda esa, hozircha ofisda kiyiladigan forma ham, ko‘chada ishlaydigan xodimlarimiz formasi ham bir xil", - deya tushuntirdi Toshkent bosh militsioneri.

Aytishlaricha, yangi forma qulaylik jihatdan hamda mamlakat iqlimini hisobga olgan holda tanlanadi. O‘zbekiston huquq posponlari yangi formasi masalasi yangi forma namunasi davlat va hukumat rahbarlari tasdig‘idan o‘tgach to‘liq hal bo‘ladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » "Superpolitsiya": o‘zbek militsiyasi qulay va ko‘rkam formaga o‘tishi kutilmoqda