14:20 / 17.01.2019
5 166

Gaz o‘lchagich asboblari qachon davriy tekshiruvdan o‘tkazilishi belgilanadi

Gaz o‘lchagich asboblari qachon davriy tekshiruvdan o‘tkazilishi belgilanadi
Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida O‘zbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi neft mahsulotlari va gazdan foydalanishni nazorat qilish davlat inspeksiyasining “Gazni hisobga olish priborlarini tekshiruvdan o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida”gi qarori loyihasi joylashtirildi.

Hujjat bilan O‘zbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi neft mahsulotlari va gazdan foydalanishni nazorat qilish Davlat inspeksiyasining 2014 yil 7 iyuldagi k-3 va k-1-son qarori bilan tasdiqlangan Gazni hisobga olish priborlarini tekshiruvdan o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirishlar kiritilishi mumkin.

Gazni hisobga olish priborlarini tekshiruvdan o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomga kiritilayotgan o‘zgartirishlar:
3-band quyidagi tahrirda bayon etiladi:

“3. Gazni hisobga olish priborlari quyidagi oraliqda davriy tekshiruvdan o‘tkaziladi:
- Sanoatda qo‘llash uchun gazlar hajmiy va massaviy sarfining hisoblagichlari, sarf o‘lchagichlari – 24 oy;
- Maishiy qo‘llanish uchun gazlar hajmiy sarfining hisoblagichlari, sarf o‘lchagichlari – 48 oy;
- Tabiiy gaz nazorati va hisobining avtomatlashtirilgan tizimini joriy etish loyihasi doirasida o‘rnatiladigan hisobga olish priborlari – 120 oy.

Foydalanilmagan gazni hisobga olish priborlarining davriy tekshiruvdan o‘tkazish muddatlari o‘tib ketgan taqdirda, ulardan belgilangan tartibda tekshiruvdan o‘tkazilgandan so‘ng foydalanish mumkin.”.

8-banddagi “gaz ta’minoti korxonasining mutaxassislari” degan so‘zlardan so‘ng “Majburiy ijro byurosining mas’ul xodimlari” degan so‘zlar bilan to‘ldiriladi.

9-10-bandlardagi “gaz ta’minoti korxonasining mutaxassisi” degan so‘zlardan so‘ng “Majburiy ijro byurosining mas’ul xodimi” degan so‘zlar bilan to‘ldiriladi.

12-band quyidagi tahrirda bayon etiladi:
“12. Gazni hisobga olish pribori tekshiruvdan o‘tkazish uchun yechib olingandan so‘ng, tegishli hududdagi gaz ta’minoti korxonasi hisobidan o‘rniga boshqa tekshirilgan hisobga olish pribori darhol o‘rnatiladi va gazni hisobga olish priborining yechib olinganligi to‘g‘risidagi dalolatnomada ko‘rsatiladi.”.

13-band quyidagi tahrirda bayon etiladi:
“13. Iste’molchi gazni hisobga olish pribori tekshiruvdan o‘tkazilgunga qadar hududdagi gaz ta’minoti korxonasi hisobidan o‘rnatilgan gazni hisobga olish priborining ko‘rsatkichiga muvofiq to‘lovni amalga oshiradi.”.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Gaz o‘lchagich asboblari qachon davriy tekshiruvdan o‘tkazilishi belgilanadi