07:25 / 18.01.2019
4 889

Toshkentdagi ko‘p qavatli uylardan birining balkonlari qulab tushdi (foto)

Toshkentdagi ko‘p qavatli uylardan birining balkonlari qulab tushdi (foto)
Kecha, 17 yanvar kuni Toshkent shahrining Uchtepa tumanidagi ko‘p qavatli uylardan birining balkonlari qulab tushdi. Bu haqda poytaxt IIBB xabar bermoqda.

"Bugun soat taxminan 18:40 da Toshkent shahri Uchtepa tumani 23-kvartalda joylashgan 20-uyning 5-qavatdan 2-qavatgacha ustma-ust joylashgan to‘rtta xonadonning balkonlari qulab tushdi”, deyiladi IIBB matbuot xizmati xabarida.

Foto: IIBB matbuot xizmati
Xabarda aytilishicha, hodisa oqibatida qurbon bo‘lganlar va jabrlanganlar yo‘q.

Foto: IIBB matbuot xizmati
Balkonlar vayron bo‘lishiga g‘ishtdan qurilgan devor isitilishi tufayli osma balkon konstruksiyasining buzilishi sabab bo‘lganligi aytilgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Toshkentdagi ko‘p qavatli uylardan birining balkonlari qulab tushdi (foto)