12:10 / 18.01.2019
5 014

Endi oliy ta’lim muassasalari qancha talaba qabul qilishni o‘zlari belgilaydi

Endi oliy ta’lim muassasalari qancha talaba qabul qilishni o‘zlari belgilaydi
O‘zbekiston Respublikasi prezidenti “2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini “Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlanish yili”da amalga oshirishga oid Davlat dasturi to‘g‘risida”gi farmonni imzoladi.

Qayd etilishicha, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi 2019 yil 1 martga qadar:

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi hamda Iqtisodiyot va sanoat vazirligi bilan birgalikda oliy ta’lim muassasalari tomonidan talabalarni qabul qilish kvotalarini iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy sohaning istiqboldagi ehtiyojlarini, shuningdek, muassasalarning kadrlarni sifatli tayyorlashni tashkil etish imkoniyatlarini hisobga olgan holda mustaqil ravishda belgilash tartibini tasdiqlaydi va ushbu tartib 2019/2020 yildan tatbiq etilishini nazarda tutadi;

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi bilan birgalikda xorijiy diplomlarning ekvivalentligini tasdiqlashdagi sun’iy to‘siqlarni bartaraf etish va ularni tan olish jarayonini optimallashtirish bo‘yicha takliflar kiritadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Endi oliy ta’lim muassasalari qancha talaba qabul qilishni o‘zlari belgilaydi