O‘zbekiston xalq artisti Po‘lat Saidqosimov 88 yoshida vafot etdi. Bu haqdagi ma’lumotni Sog‘liqni saqlash vazirligidagi manbaga tayanib Kun.uz nashri xabar qildi.
Qayd etilishicha, Po‘lat Saidqosimov og‘ir xastalikdan so‘ng hayotdan ko‘z yumgan. Qator ma’lumotlarga ko‘ra, taniqli aktyorning Qo‘qon shahrida o‘tkazilgan suratga olish ishlari vaqtida tobi qochgan. Shundan so‘ng, u Respublika shoshilinch tibbiy yordami ilmiy markaziga olib kelingan. Bu yerda jarrohlik amaliyotidan o‘tkazilgan, jarayon olti soat davom etgan.
Po‘lat Saidqosimov 1931 yil 8 oktyabr kuni Toshkentda tug‘ilgan. Toshkent teatr va rassomlik san’ati institutini tugatgan (1954). 1954— 57 yillar H.Olimjon nomidagi Samarqand teatrida, 1957 yildan Hamza (hozirgi O‘zbek milliy akademik drama) teatrida aktyor bo‘lib ishlagan.
Po‘lat Saidqosimov teatr sahnasida Po‘lat (O.Yoqubov, “Yurak yonmog‘i kerak”), Abdullatif (“Mirzo Ulug‘bek”), Ilyos (Ch.Aytmatov, “Sarvqomat dilbarim”), Edgar (U.Shekspir,”Qirol Lir”), Karimjon (A.Qahhor, ”Ayajonlarim”), Salimboyvachcha (Oybek, ”Qutlug‘ qon”), Avrangzeb ( Uyg‘un, “Zebuniso”) kabi rollarni yaratgan. Kinoda Mahkam (“Muhabbat mojarosi”), Beruniy (“Abu Rayhon Beruniy”), Zavqiy (“Olovli yo‘llar”), G‘afurov (“Ilondan saqlan”), Ilyos ota (“Tong otguncha”) va boshqalar; telefilmda Otaqo‘zi (“Diyonat”), Mirzakarimboy (“Qutlug‘ qon”), Muhammad chatoq (“Girdob”), Cherkashin (“Ichkuyov”), To‘g‘onbek (“Alisher Navoiy”) , Abdullatif (“Ulug‘bek xazinasi ) kabi bir qancha rollarni ijro etgan.
O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist, O‘zbekiston xalq artisti unvoni, «El-yurt hurmati» ordeni bilan taqdirlangan.
Zamin.uz tahririyati marhumning oila a’zolari, yaqinlari va shogirdlariga chuqur ta’ziya izhor etadi. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
HAMAS yetakchisi: Isroil Rafahga kirsa, Falastin xalqi oq bayroqni ko‘tarmaydi
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Futzal. Osiyo Kubogi. Tojikiston Yaponiyani guruhda qoldirdi
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi
O‘zbekistonda o‘tgan uch oyda qancha avtomobil ishlab chiqarilgan?