23:23 / 18.01.2019
4 841

Gulnora Karimovaning sobiq turmush o‘rtog‘i uning Shveysariyadagi pullariga da’vo qilmoqda

Gulnora Karimovaning sobiq turmush o‘rtog‘i uning Shveysariyadagi pullariga da’vo qilmoqda
Gulnora Karimovaning sobiq turmush o‘rtog‘i Mansur Maqsudiy Shveysariyaning Der Bund gazetasiga bergan intervyusida uning Shveysariyadagi pullariga da’vo qilayotganini bildirdi.

Nashrning ma’lumot berishicha, Maqsudiy amerikalik biznesmen bo‘lib, birinchi prezidentning qizi bilan turmush qurgan va 10 yil birga yashagan. Turmushlari buzilgach, unga va ukasiga tegishli bo‘lgan O‘zbekistondagi barcha mulklari tortib olingan. Ularning Coca-Cola Bottlers Uzbekistan qo‘shma korxonasidagi ulushi esa vositachi firma orqali Shveysariyadagi Zeromax kompaniyasiga o‘tkazilgan.

Nashrda qayd etilishicha, bu uning ilk intervyusidir. Bunga qadar u OAV bilan muloqotdan o‘zini olib qochgan.
Maqsudiy kompaniya Gulnora Karimovaga tegishli bo‘lganini isbotlamoqchi.

Gulnora Karimova kompaniyada rasman faoliyat olib bormagan. U 2009 yilda «Nasha gazeta»ga bergan intervyusida Zeromax kompaniyasiga aloqasi yo‘qligini ta’kidlagan.

Eslatib o‘tamiz, Gulnora Karimova qonun bilan belgilangan tartibda jazo o‘tashni davom etmoqda. O‘zbekiston Bosh prokuraturasining ma’lum qilishicha, u 2015 yilning avgustida qator moliyaviy jinoyatlarda aybdor deb topilgan va 5 yilga shartli ravishda ozodlikdan mahrum etilgan.«Jinoyat ishlari bo‘yicha Toshkent viloyat sudining 2015 yil 21 avgustdagi hukmi bilan Karimova o‘zi ayblangan jinoyatlarni sodir etishda aybdor deb topildi va unga besh yilga ozodlikni cheklash tarzidagi jazo belgilangan», deyilgandi Bosh prokuratura xabarida.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Gulnora Karimovaning sobiq turmush o‘rtog‘i uning Shveysariyadagi pullariga da’vo qilmoqda