Foto: “Xabar.uz”
Zarafshon shahri yoshlari tomonidan yangi — “Tekin taksi” loyihasi ishlab chiqildi, deya xabar bermoqda «Xabar.uz».
Loyiha doirasida shahardagi qariyalar, nogironligi bor shaxslar, yosh bolali va homilador ayollarga koʻmak berish niyatida bozor, kasalxona hamda jomeʼ masjidlari yoniga bepul taksilar tashkil etilgan.
“Bir kunda 500 dan ortiq aholiga beminnat yordam koʻrsatildi. Loyiha haftaning har juma kuni amalga oshiriladi”, — deydi Yoshlar ittifoqi Zarafshon shahar kengashi raisi Iftixor Saidov.
“Umidli yulduzlar” kompaniyasi bilan hamkorlikda amalga oshirilayotgan ushbu loyihaga koʻra, har bir taksiga bir nafardan Yoshlar ittifoqi faoli biriktiriladi.
“Shu kunlarda havo sovuq. Bunday vaqtda koʻchada piyoda yurish nuroniylar, bolali ayollarga, bemorlarga ogʻirlik qiladi. Bu loyiha biz qariyalar uchun ayni muddao. Baraka topishsin!”, — deydi Rustam ota Salimov. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
O‘zbekistonda zilzilaga tayyorgarlik kuchaytiriladi
Erdo‘g‘on: «Isroil Gitlerdan ham o‘tib ketdi»
«Real Madrid» ustozi Karlo Anchelotti kechagi g‘alabadan so‘ng nimalar dedi?
Sirdaryoda budjetga juda ko‘p miqdorda zarar yetkazgan mayning ferma aniqlandi
Buxoro viloyatida «Neksiya-3» avtomashinasi buklanib qoldi
Nega Tramp Zelenskiyni yomon ko‘radi?
Xotirani yaxshilashning juda oddiy usuli topildi
Davlat xavfsizlik xizmati maklerlarga qo‘shib mansabdorlarni ham qo‘lga oldi