09:20 / 21.01.2019
4 297

Qirg‘iziston fuqarosi Toshkentda soxta muhrdan foydalanib, taksopark mashinasini sotib yubordi

Qirg‘iziston fuqarosi Toshkentda soxta muhrdan foydalanib, taksopark mashinasini sotib yubordi
2018 yil 27 noyabr kuni Toshkent shahrining Chilonzor tuman IIBga tushgan hujjatlarga ko‘ra, 2018 yil 7 noyabr kuni Qirg‘iziston Respublikasi fuqarosi, O‘sh viloyati O‘zgan tumanida yashovchi X.Z. «Transfer taxi» MChJ bilan tuzilgan ijara shartnomasiga asosan boshqaruv uchun olgan Malibu rusumli avtomashinani shartnomaga xilof ravishda sotish maqsadida «Transfer taxi» MChJ nomidan soxta muhr yordamida qilingan hujjatlarni Davlat notarial idorasiga taqdim etish orqali avtomashinani 30 000 AQSh dollariga sotib yuborgan.

Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabar bermoqda.
Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Ko‘rilgan choralar natijasida X.Z. qo‘lga olindi. Tergov harakatlari davom etmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Qirg‘iziston fuqarosi Toshkentda soxta muhrdan foydalanib, taksopark mashinasini sotib yubordi