09:45 / 21.01.2019
4 533

Shavkat Mirziyoyev Germaniyadagi o‘zbek yoshlari bilan ko‘rishdi

Shavkat Mirziyoyev Germaniyadagi o‘zbek yoshlari bilan ko‘rishdi
Xabaringiz bor, kecha, 20 yanvar kuni Shavkat Mirziyoyev rasmiy tashrif bilan Germaniyaga yetib bordi. Germaniyada o‘qiyotgan, ilmiy izlanishlar olib borayotgan bir guruh o‘zbekistonlik yoshlar Berlin shahrida Prezident Shavkat Mirziyoyevni katta xursandchilik bilan kutib oldi. O‘zbekiston delegatsiyasi joylashgan qarorgoh oldida samimiy suhbat bo‘lib o‘tdi.
O‘zbekiston rahbari vatandoshlarimizning o‘qish va ishlari, orzu-istaklari bilan qiziqdi. “Rivojlangan davlatlar barcha sohalarga ilmiy yondashib natijaga erishgan. Biz ham juda katta izlanishdamiz. Butun harakatlarimiz dunyo bilan teng bo‘lishga, xalqimizga munosib hayot yaratishga qaratilgan. Islohotlarni sizdek ilg‘or yoshlar bilan birga amalga oshiramiz. Hamma o‘rgangan bilim, “nou-xau”laringni O‘zbekistonning har bir sohasi intiqlik bilan kutyapti. Qancha ko‘p bilimli bo‘lsak, shuncha qudratli bo‘lamiz”, dedi Shavkat Mirziyoyev.
Prezident yoshlarni o‘qish va izlanishlarini muvaffaqiyatli tugatib, bilim va tajribalarini mamlakat rivojiga yo‘naltirishga taklif etdi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Shavkat Mirziyoyev Germaniyadagi o‘zbek yoshlari bilan ko‘rishdi