17:30 / 21.01.2019
9 801

«Ippodrom» bozori aksiyalari birjada sotilmoqda

«Ippodrom» bozori aksiyalari birjada sotilmoqda
«Chilonzor buyum savdo kompleksi» AJ (aholi orasida «Ippodrom bozori») aksiyalari fond birjasida sotila boshlandi. Bu haqda birja saytida xabar qilingan.

O‘tgan hafta ular bilan 1,3 mln so‘mlik 39 ta bitim tuzildi, ularda 48 961 dona aksiya qatnashdi hamda ular 10 so‘mlik nominalda bir aksiya uchun 25-28 so‘mdan sotilgan.

2017 yil oxirida kompaniya aksiyalari taqsimlab tashlandi, natijada narx 4290 so‘mdan 1 so‘mgacha tushib ketdi, 2018 yil boshida, aksiyalar konsolidatsiyasidan (to‘plash) so‘ng, nominal qiymat 10 so‘mgacha ko‘tarildi.

Shuningdek, o‘tgan haftada bitimlar soni bo‘yicha yangi rekord o‘rnatildi. 14-18 yanvarda birjada 2,323 mlrd so‘mlik 32ta emitent korporativ qimmatli qog‘ozlari bilan 1125ta bitimga erishildi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » «Ippodrom» bozori aksiyalari birjada sotilmoqda