Foto: IIV jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi
Shu yil 19 yanvar kuni noma’lum shaxs Samarqand viloyatining Pastdarg‘om tumanida yashovchi O‘.B.ning uyiga bostirib kirib, 16 yoshli nabirasi B.O‘.ning boshiga noma’lum jism bilan urib, u yerdan pullar va zargarlik buyumlarini olib, voqea joyidan yashiringan. Bu haqda IIV jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi xabar berdi.
B.O‘. olgan jarohati tufayli kasalxonaga yotqizildi. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
Ko‘rilgan choralar natijasida ushbu jinoyatni uy egasi O‘.B.ning birga yashovchi jiyani, Samarqand pedagogika kolleji 2-bosqich o‘quvchisi S.N.ismli qiz va Charxin ijtimoiy-iqtisodiyot kolleji 2-bosqich o‘quvchisi, muqaddam sudlangan N.S. sodir etganliklari aniqlanib, ushlandi.
Holat yuzasidan tergov harakatlari davom etmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
O‘zbekistonda zilzilaga tayyorgarlik kuchaytiriladi
Erdo‘g‘on: «Isroil Gitlerdan ham o‘tib ketdi»
«Real Madrid» ustozi Karlo Anchelotti kechagi g‘alabadan so‘ng nimalar dedi?
Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
AQSH razvedkasi: Ukraina 2024 yil oxirigacha urushda yutqazishi mumkin
Qondagi shakar miqdorini tartibga soluvchi foydali meva nomi aytildi
Xotirani yaxshilashning juda oddiy usuli topildi
Sirdaryoda budjetga juda ko‘p miqdorda zarar yetkazgan mayning ferma aniqlandi