Orolbo‘yidagi ekologik halokat oqibatlarini yumshatish borasidagi tashabbuslar va sa’y-harakatlarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha joylardagi jamoatchilik vakillarining takliflarini hisobga olib mintaqada ekologik holatni va aholining yashash sharoitlarini yaxshilash maqsadida Hukumat farmoyishi qabul qilindi.
Farmoyishga asosan, 2019 yil 26 yanvar kuni umumxalq ekologik xayriya hashari o‘tkaziladi.
Xayriya hasharini o‘tkazish doirasida mahallalar, aholi punktlari, ko‘p qavatli uylar va binolar, hovlilar atrofi, guzarlar, xiyobonlar, ziyoratgohlar va qabristonlar, ariqlar, ko‘chalar va yo‘laklar hamda bolalar maydonchalari tartibga keltiriladi.
Mazkur xayriya hasharidan tushgan mablag‘lar Orol dengizining suvi qurigan maydonlarida himoya o‘rmonlarini barpo etish, mintaqada ekologik holatni va aholi turmush sharoitini yaxshilash, kam ta’minlangan, boquvchisini yo‘qotgan, ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarga moddiy va ma’naviy yordam ko‘rsatish kabi tadbirlarga sarflanadi. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
O‘zbekistonda o‘tgan uch oyda qancha avtomobil ishlab chiqarilgan?
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Germaniyaning Knauf kompaniyasi Rossiyadan butunlay chiqib ketishini tasdiqladi
Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi»
Damas uchun onlayn kontraktatsiya ochiladi
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi