14:26 / 24.01.2019
20 807

Erining amakivachchasi bilan ishqiy munosabati oshkor boʻlgan ayol 2 farzandini oʻldirdi (video)

Erining amakivachchasi bilan ishqiy munosabati oshkor boʻlgan ayol 2 farzandini oʻldirdi (video)
Samarqand viloyati Pastdargʻom tumanida yashovchi 30 yoshli Rushana Rahmonqulova oʻz farzandlarini qasddan oʻldirdi. Bu haqda “Zamon” dasturida xabar qilindi, deb yozadi UZ24.

Maʼlum boʻlishicha, turmush oʻrtogʻi ishlash maqsadida Rossiyaga ketgan ayol oʻz qaynisi, erining amakivachchasi Maʼmur Ilashev bilan ishqiy munosabatda boʻlgan. Bu munosabatlardan qaynotasi hamda boshqalar xabar topganidan qoʻrqib, voyaga yetmagan farzandlari — 2011 yilda va 2017 yilda tugʻilgan ikki qizini uxlab yotganida pichoqlaydi.

Jinoyat ishlari boʻyicha Samarqand sudi sudyasi Shuhrat Sharipovning aytishicha, Rushana Rahmonqulova Maʼmurjon Ilashev bilan til biriktirib, katta qizi Bahora Toʻychiyevaning tanasiga 12 marta, bir yoshga toʻlmagan goʻdagi Madina Rahmonqulovaning tanasiga 5 marta pichoq bilan jarohat yetkazadi. Shundan soʻng oʻzining joniga qasd qilish maqsadida qorin hamda koʻkrak qismiga 9 marta pichoq uradi.

DNK xulosasida Rushana Rahmonqulovaning 2017 yilda tugʻilgan farzandining biologik otasi Maʼmurjon Ilashev ekani aniqlanadi.
Sud hukmi bilan Maʼmur Ilashevga 17 yil, Rushana Rahmonqulovaga 13 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Erining amakivachchasi bilan ishqiy munosabati oshkor boʻlgan ayol 2 farzandini oʻldirdi (video)