14:43 / 25.01.2019
5 821

IIV avtotransport vositalari boʻyicha eslatma bilan chiqdi (video)

IIV avtotransport vositalari boʻyicha eslatma bilan chiqdi (video)
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori bilan tasdiqlangan nizomga asosan, Davlat yoʻl harakati xavfsizligi xizmati organlarida roʻyxatdan oʻtkazilgan transport vositalari, shuningdek, trolleybuslar va tramvaylar majburiy texnik koʻrikdan oʻtkaziladi.

Oʻzbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabariga koʻra, ushbu nizom bilan yuridik shaxslarga qarashli boʻlgan avtomototransport vositalarining texnik koʻrigi 1 martdan 30 iyungacha, jismoniy shaxslarga qarashli boʻlgan avtomototransport vositalarining texnik koʻrigi esa 1 yanvardan 31 avgustgacha oʻtkaziladi.

«Unutmang, yoʻlovchi tashuvchi va xavfli yuklarni tashuvchi transport vositalari bir yilda ikki marta, birinchi bosqich 1 martdan 30 iyungacha, ikkinchi bosqichda esa, 1 sentyabrdan 31 oktyabrgacha majburiy texnik koʻrikdan oʻtkaziladi.

Avtomototransport vositangizni majburiy texnik koʻrikdan belgilangan vaqtda oʻtkazishni unutmang, chunki texnikaning sozligi xavfsizlik garovidir», - deyiladi IIV xabarida.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » IIV avtotransport vositalari boʻyicha eslatma bilan chiqdi (video)