18:05 / 25.01.2019
5 257

Andijonda ikkita shifokor pora bilan qo‘lga olindi

Andijonda ikkita shifokor pora bilan qo‘lga olindi
Andijon viloti Andijon tuman Mudofaa ishlari bo‘yicha doimiy chaqiruv komissiyasining katta shifokori Sanobar Latipova (ismlar-shariflar o‘zgartirilgan) viloyat Mudofaa ishlari bo‘yicha chaqiruv komissiyasining shifokori Ahmadjon Sobirov bilan hamkorlikda o‘zaro til biriktirib, pora bilan qo‘lga tushdi, deb xabar bermoqda "Xalq so‘zi" nashri.

Kelishuvga binoan salomatligi sabab harbiy xizmatga noloyiq deb topilgan yigitlarga “yordam” berishmoqchi bo‘lishdi. Buning uchun “soqqasini” cho‘zsa bas.

Odamlar bilan muloqot qilishga usta bo‘lib ketgan shifokor ayol zudlik bilan ishga kirishdi. Natijada ikki yigitning ota-onasi bilan bog‘lanib, 300 AQSh dollari evaziga muammoni hal qilib berishi mumkinligini aytdi. Shu tariqa ikki nafar fuqarodan 600 AQSh dollarini undirdi. 300 dollarni o‘z ehtiyoji uchun olib qo‘ygan Sanobarxon Latipova pulning qolgan qismini shifokor Ahmadjon Sobirovga pora sifatida berayotgan paytida huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari tomonidan qo‘lga olindilar.

- Afsusdaman, - deydi shifokor Ahmadjon Latipov. – Qilmishimdan pushaymonman. Bu hodisa takrorlanmaydi.

Shifokorning nafaqat, egnidagi xalati, balki ko‘ngli ham oq bo‘lishi kerak. Aks holda uning qadr-qimmati, sha’niga dog‘ tushadi, salbiy harakatlari tufayli boshqalar aziyat chekishda davom etaveradilar. Qolaversa, oq xalatga tushgan dog‘ni yuvsa bo‘ladi, biroq sha’nga tushgan dog‘ tamg‘adek muhrlanib qoladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Andijonda ikkita shifokor pora bilan qo‘lga olindi