Farg‘ona shahar, A.Navoiy ko‘chasi, 62-uy, 53-xonadonda yashovchi Mo‘’tabar G‘ofurova bundan 9 yil muqaddam nohaq sudlanganida bir kun kelib baribir adolat yuzaga chiqishidan umidini uzmagandi. Endi haqli savol tug‘iladi: xo‘sh, u nega bunday qismatni boshidan kechirdi?
«Inson va qonun» gazetasining 22 yanvardagi 2-sonida shu haqda maqola chop etildi.
Maqolada keltirilishicha, 1992-2009 yillarda O‘zbekiston Respublikasi MXX (hozirgi DXX) Farg‘ona viloyat boshqarmasida turli lavozimlarda faoliyat yuritgan kapitan Mo‘’tabar G‘ofurova nohaq qamalgan.
Qayd etilishicha, M.G‘ofurova MXXning viloyat boshqarmasi boshlig‘i bilan gap talashib qolgan va tuhmatga uchragan. Jinoiy ish ochilib, guvohlarni unga qarshi ko‘rsatma berishga majburlashgan. Harbiy sudning 2009 yil 23 dekabridagi hukmiga ko‘ra, M.G‘ofurova Jinoyat kodeksining 156-, 159- va boshqa moddalarida aybdor deb topilib, 7 yil muddatga ozodlikdan hamda 3 yil muddatga mansabdorlik lavozimlarida ishlash huquqidan mahrum etilgan. U jazo muddatining 5 yilini o‘tagach, amnistiya aktiga asosan ozodlikka chiqqan. Harbiy sud apellyatsiya hay’atining 2018 yil 29 mayidagi ajrimi bilan M.G‘ofurova butunlay oqlangan.
«Ozodlikdan mahrum qilish jazosini o‘tayotganimda — 2014 yil 2 sentyabrida mening dog‘imda kuygan onajonim Nurxon G‘ofurova vafot etdi. Men qamalganimda 10 yosh bo‘lgan va buvisining qo‘lida qolgan yakkayu yagona farzandim Farangiz Sobirjonovaning esa guldek bolaligi xazon bo‘ldi. Endi o‘zingiz ayting: bu yo‘qotishlarim va iztiroblar o‘rnini kim va nima to‘ldiradi? Qolaversa, Jinoyat kodeksining 230-moddasi va 231-moddasiga binoan meni nohaq javobgarlikka tortgan shaxslarning o‘zi qonun oldida javob berishmaydimi?» — degan Mo‘’tabar G‘ofurova.
Manba: Xabar.uz “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
O‘zbekistonda zilzilaga tayyorgarlik kuchaytiriladi
Erdo‘g‘on: «Isroil Gitlerdan ham o‘tib ketdi»
«Real Madrid» ustozi Karlo Anchelotti kechagi g‘alabadan so‘ng nimalar dedi?
Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
Sirdaryoda budjetga juda ko‘p miqdorda zarar yetkazgan mayning ferma aniqlandi
Davlat xavfsizlik xizmati maklerlarga qo‘shib mansabdorlarni ham qo‘lga oldi
Xotirani yaxshilashning juda oddiy usuli topildi
Buxoro viloyatida «Neksiya-3» avtomashinasi buklanib qoldi