19:00 / 25.01.2019
4 854

Paxta tozalash korxonasidagi talon-torojliklar fosh etildi

Paxta tozalash korxonasidagi talon-torojliklar fosh etildi
Bosh prokuratura huzuridagi Inspeksiyaning Surxondaryo viloyat boshqarmasi tomonidan tekshirish o‘tkazildi, deb xabar bermoqda Kun.uz nashri.

Unda viloyatdagi paxta tozalash korxonalarining birida sex boshlig‘i lavozimida ishlab kelgan S.S. go‘yoki belgilangan tartibda saqlanmaganligi, sifati buzilganligi natijasida ekish uchun yaroqsiz holga kelib qolgan 5 turdagi umumiy qiymati 214,4 mln so‘mlik 72 tonna sara urug‘lik chigitlarni soxta dalolatnomalar rasmiylashtirgan holda chiqim qilib, juda ko‘p miqdordagi davlat mulkini talon-taroj qilganligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda, deyiladi xabarda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Paxta tozalash korxonasidagi talon-torojliklar fosh etildi