22:33 / 28.01.2019
5 694

Advokatga tazyiq o‘tkazgan ichki ishlar xodimlari hibsga olindi

Advokatga tazyiq o‘tkazgan ichki ishlar xodimlari hibsga olindi
Advokatlik instituti takomillashtirilayotgan bugungi kunda soha xodimlariga nisbatan turli ko‘rinishdagi tazyiqlar uchrab turibdi. Ularni urish, hatto bir-ikki kunga qamab qo‘yish holatlari ham ro‘y berayotir. Advokatlar palatasining Adliya vazirligi bilan o‘tkazgan anonim so‘rovlarning natijalari juda qo‘rqinchli, deb yozmoqda «Advokatnews» o‘z manbasiga tayanib.

«Albatta, bu anonim so‘rovnoma, — deyiladi xabarda, — biroq asosli faktlar ham kam emas. Jumladan, o‘tgan yili Andijon viloyatida ichki ishlar tizimining mansabdor xodimlaridan biri advokatni oldiga chaqirib, uning orderini va ishonchnomasini yirtib tashlagan. Shuningdek, ushbu advokatning himoyasidagi shaxsni ham advokat tomonidan yozilgan kassatsiya tartibidagi arizadan voz kechishga majburlab, bu to‘g‘risida yozib berishini talab qilgan. Ammo advokat uddaburon ekan, o‘z huquqlarining buzilayotgani to‘g‘risida zudlik bilan prokuraturaga murojaat qilib, Advokatlar palatasiga ham bildirgi bergan. Natijada mazkur masala yuzasidan bir qator idoralar bilan muloqotlar olib borilib, tegishli bayonnomalar rasmiylashtirildi. Shunga ko‘ra, Bosh prokuratura va Ichki ishlar vazirligiga bunaqa holatlarning oldini olish masalasini ko‘rib chiqishlarini so‘rab murojaat qildik va ular tomonidan ham bunga tegishlicha munosabat bildirildi. Ayni paytda yuqorida qayd etilgan masalani Bosh prokuratura o‘z nazoratiga olgan bo‘lib, jinoyat ishi ochilgan va ichki ishlar tizimining bir necha xodimi ehtiyot chorasi sifatida qamoqqa olingan. Hozirda tergov-surishtiruv ishlari davom etmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi Advokatlar palatasi raisi Alim Ernazarov bu misol yagona holat emasligini ham ta’kidlaydi. Shundan xulosa qilish mumkinki, advokatlarni himoya qilishning ishlangan qulay tizimi yaratilishi kerak. Bu borada qulayroq sharoit yaratish maqsadida respublika Advokatlar palatasiga hozir 4 raqamli qisqa telefon raqami olishga harakat qilinmoqda. Shuningdek, Palata tomonidan advokatlar himoyasini ta’minlashga doir ilk Nizom ishlab chiqildi. Albatta, u hali amaliyotdan kelib chiqib takomillashtirib boriladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Advokatga tazyiq o‘tkazgan ichki ishlar xodimlari hibsga olindi