13:04 / 29.01.2019
5 327

Qirgʻizistonda YTH: Oʻzbekiston fuqarolari halok boʻldi

Qirgʻizistonda YTH: Oʻzbekiston fuqarolari halok boʻldi
2019 yil 28 yanvar kuni soat 21:00larda Qirgʻiziston Respublikasi Batken viloyatida yoʻl-transport hodisasi yuz berdi. Bu haqda Oʻzbekiston FVV xabar tarqatdi.

Qayd etilishicha, Batken tumani hududidan oʻtuvchi “Oʻsh-Batken-Isfana” avtomobil yoʻlining 207-km.da harakatlanib ketayotgan “Neksiya” rusumli avtomobil qarama-qarshi yoʻldan kelayotgan Qirgʻiziston Respublikasining “Mersedes-sprinter” rusumli furgon avtomobili bilan toʻqnashib ketgan.

YTX natijasida “Neksiya” avtomobili haydovchisi hamda uning 4 nafar yoʻlovchisi (Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari) voqea joyida halok boʻlgan.
FVV xabarida aytilishicha, vafot etgan fuqarolarning jasadlari Batken tuman shifoxonasi morgiga olib borilgan.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Qirgʻizistonda YTH: Oʻzbekiston fuqarolari halok boʻldi