20:20 / 29.01.2019
5 276

Shavkat Mirziyoyev Erdogʻan bilan uchrashadi

Shavkat Mirziyoyev Erdogʻan bilan uchrashadi
Sof.uz nashrining xabar berishicha, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev joriy yilning aprel oyida rasmiy tashrif bilan Turkiya Respublikasida boʻladi.

Maʼlum qilinishicha, Anqarada Oʻzbekiston-Turkiya birinchi mintaqalararo biznes forumi oʻtkazilishi rejalashtirilmoqda. Prezident Shavkat Mirziyoyevning tashrifi ikki kun davom etadi hamda tashrif davomida Turkiya Respublikasi Prezidenti Rajab Toyyib Erdogʻan bilan uchrashuv ham boʻlib oʻtadi.

Maʼlumot oʻrnida, Rajab Toyyib Erdogʻanning 2018 yil 29 aprel - 1 may kunlari Oʻzbekistonga amalga oshirgan tashrifi munosabati bilan oʻtkazilgan biznes forum doirasida 3 milliard dollarlik investitsiya loyihalari boʻyicha bitimlar imzolangan edi.

Eslatib oʻtamiz, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Turkiya Respublikasiga soʻnggi tashrifini 2017 yilning 25-26 oktyabr kunlari amalga oshirgan edi.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Shavkat Mirziyoyev Erdogʻan bilan uchrashadi