06:30 / 30.01.2019
4 564

Xonadon va uylarga videokuzatuv kameralari bepul oʻrnatiladimi?

Xonadon va uylarga videokuzatuv kameralari bepul oʻrnatiladimi?
Oʻzbekiston IIV IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi kuzatuv kameralari oʻrnatilishi borasidagi savollarga javob berdi.

Prezidentning “Jismoniy va yuridik shaxslar mulkining qoʻriqlanishini taʼminlash samaradorligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq, Oʻzbekistonda 1 yanvardan boshlab shunday amaliyot joriy etildiki, unga koʻra jismoniy shaxslarning uy-joylari va xonadonlariga ularga qoʻriqlash xizmatini koʻrsatish mobaynida foydalanishga beriladigan qoʻriqlov texnik vositalari jihozlarini oʻrnatish hamda bepul texnik xizmat koʻrsatish boʻyicha ishlarni bajarish ichki ishlar organlari qoʻriqlash xizmati mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladi.

Vazirlikning qayd etishicha, kamera oʻrnatilganidan soʻng jismoniy shaxslar qoʻriqlash xizmatidan foydalanganlik uchun oylik toʻlovni amalga oshirishlari lozim.
Bugungi kunda mazkur toʻlov miqdori oyiga 17 ming soʻmni tashkil etadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Xonadon va uylarga videokuzatuv kameralari bepul oʻrnatiladimi?