09:30 / 31.01.2019
3 802

Shavkat Mirziyoyev Belarusga javob tashrifi bilan boradi

Shavkat Mirziyoyev Belarusga javob tashrifi bilan boradi
2019 yilning 30 yanvar kuni O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari Ilhom Ne’matov Belarus Respublikasi favqulodda va muxtor elchisi Leonid Marinich bilan uchrashdi.

TIV xabariga ko‘ra, suhbat chog‘ida o‘tgan yildagi ikki tomonlama munosabatlarning yakunlari hamda 2019 yilda ularni yanada rivojlantirishning istiqbolli yo‘nalishlari muhokama qilingan.

Ta’kidlanishicha, Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenkoning 2018 yil 12-14 sentyabr kunlari O‘zbekistonga rasmiy tashrifi va uning prezident Shavkat Mirziyoyev bilan muzokaralari mamlakatlar o‘rtasidagi hamkorlikni aniq amaliy mazmun bilan boyitgan holda uni yangi darajaga olib chiqdi.

Tashrif doirasida qiymati 259,2 mln AQSh dollariga teng 94 ta ikki tomonlama savdo shartnomasi va 54 mln dollardan ortiq summadagi 19 ta investitsion hujjatlar imzolandi. O‘tgan yil davomida mamlakatlar o‘rtasidagi savdo aylanmasi 130%ga o‘sgan holda 419,9 mln dollarni tashkil qildi.

Shu nuqtai nazardan tomonlarning oliy darajada erishilgan kelishuvlarni va tashrif doirasida imzolangan bitimlarni so‘zsiz bajarish borasidagi takliflari ko‘rib chiqilgan.

Uchrashuvda O‘zbekiston rahbarining javob tashrifi to‘g‘risida fikr almashildi. Shuningdek, Hukumatlararo qo‘shma komissiyaning navbatdagi yig‘ilishi, tashqi ishlar vazirliklari o‘rtasidagi siyosiy maslahatlashuvlar, Ishbilarmonlik va mintaqalararo hamkorlik qo‘shma forumi, turistik forumni o‘tkazish jadvallari va kun tartiblari ko‘rib chiqildi, deyiladi xabarda.

Suhbat davomida tomonlarni qiziqtirgan boshqa dolzarb masalalar ham muhokama qilingan.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Shavkat Mirziyoyev Belarusga javob tashrifi bilan boradi