17:50 / 31.01.2019
4 844

MIB Nishon tuman bo‘limi tomonidan bir kunda 2 ta oila yarashtirildi

MIB Nishon tuman bo‘limi tomonidan bir kunda 2 ta oila yarashtirildi
Fuqarolik ishlari bo‘yicha Qarshi tumanlararo sudining 18.02.2015 yildagi ijro hujjatiga asosan qarzdor Qulmanov Jobir Ulashovichdan Elmuratova Avazgul Xojamuratovna foydasiga 3 nafar voyaga yetmagan farzandi uchun ularni moddiy ta’minlash maqsadida aliment undirish belgilangan.

Bugungi kunda Byuroning Nishon tuman bo‘limi tomonidan olib borilgan tushuntirish ishlari oila muqaddasligi, voyaga yetayogan farzandlarning taqdiriga befarq bo‘lmaslik, ularning kelajakda Vatan uchun kerakli inson bo‘lib yetishishi, hayotda o‘z o‘rniga ega bo‘lishida ota-ota birdek mas’ul ekanligi, farzandlar ularning birdek tarbiya va mehriga muhtoj ekanligi haqida bildirilgan fikrlardan so‘ng, ikki tomon oradan 4 yil o‘tib yarashishga qaror qildi. Shu munosabat bilan undiruvchining arizasiga asosan ijro hujjati 29-yanvarda tamomlandi.

Xuddi shunday MIB Nishon tuman ish yurituvida bo‘lgan qarzdor Ziyodov Ahror Safarovichdan undiruvchi Boltayeva Lobarxon Ziyodullayevna foydasiga bir nafar farzandi uchun aliment undirish to‘g‘risidagi ijro hujjati ham oilalar yarashtirilganligi munosabati bilan tamomlandi.
Bugungi kunda bundan xayrli ishlar davom ettirilmoqda.
Majburiy ijro byurosi
Qashqadaryo viloyati boshqarmasi

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » MIB Nishon tuman bo‘limi tomonidan bir kunda 2 ta oila yarashtirildi