08:58 / 01.02.2019
5 034

Tashkent City’da 1 sotix yer investorlarga 20 ming dollardan sotilgani ma’lum qilindi

Tashkent City’da 1 sotix yer investorlarga 20 ming dollardan sotilgani ma’lum qilindi
Foto: «Daryo»
Bugun, 31 yanvar kuni Tashkent city xalqaro ishbilarmonlik markazida OAV xodimlari uchun press-tur va matbuot anjumani tashkil etildi. Bu haqda «Daryo» nashri xabar berdi.

Matbuot anjumanida ishtirok etgan Toshkent shahar hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayev Tashkent City qurilishining barcha ishtirokchilari ya’ni investorlarga bir xil shart-sharoitlar yaratilganini qayd etib o‘tdi.

«Bir sotix yer hamma uchun bir xil narxda ya’ni 20 ming dollardan, 1 gektar yer maydoni esa 2 million dollardan sotildi. Summa hamma uchun bir xil belgilandi», — deydi Toshkent shahar hokimi.

Shuningdek, Jahongir Ortiqxo‘jayev Tashkent City qurilishiga investorlar jalb qilish borasida o‘zi duch kelgan qiyinchiliklar haqida ham gapirib o‘tdi:

«Davlat rahbari taklifiga binoan Tashkent City qurilishiga boshchilik qilgan paytim menga qurilishni uch yilda bitirish vazifasi yuklandi. O‘shanda men 700 nafar investorlar bilan uchrashuv o‘tkazganman. Lekin ulardan birontasi ham investitsiya kiritishga rozi bo‘lmagan. Chunki Tashkent City joylashadigan hudud jozibador tuyulmagan ularga. Bundan tashqari, hech bir kompaniya uch yil ichida ushbu loyihani amalga oshirish mumkinligiga ishonmagan.

Shundan so‘ng men O‘zbekistondagi o‘zim bilgan, tanigan yirik tadbirkorlarga murojaat qilganman. 4-lotga investitsiya kiritgan Murad Buildings, 2-lotni qurayotgan Real House shular jumlasidan. Ularga ushbu hudud jozibadorligini tushuntirganman. Ular mana shu loyihaning kelajagiga ishonch bildirib, rozi bo‘lishgan. Men O‘zbekistonda mana shunday shijoatli, qat’iyatli tadbirkorlar ko‘payishini xohlagan bo‘lardim», — deydi Ortiqxo‘jayev.

Hokimning qayd etishicha, mahalliy kompaniyalardan biri Family Group ham Tashkent City investori hisoblanadi. Shuningdek, yana uchta mahalliy bank ham loyihaga sarmoya kiritgan.

«Tan olaman, banklarni ishontirish ham oson bo‘lmagan. Banklarga borib, boshqaruv raislari bilan bir necha marta uchrashganman, tushuntirganman. Ular ham osonlikcha mablag‘ ajratishga rozi bo‘lmagan. Keyinchalik, ‘Olmazor’ va ‘O‘qchi’ mahallalarida uylar buzilib, odamlar uy bilan ta’minlanib, qurilish boshlanganidan keyin, banklar vakillari kela boshlagan», — deydi hokim.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Tashkent City’da 1 sotix yer investorlarga 20 ming dollardan sotilgani ma’lum qilindi