18:24 / 01.02.2019
5 811

Vazir o‘rinbosari turkiyalik investor Axmet Demirning aybloviga javob qaytardi

Vazir o‘rinbosari turkiyalik investor Axmet Demirning aybloviga javob qaytardi
Turkiyalik tadbirkor Axmet Demir «Xalq so‘zi» nashriga bergan intervyusida «Chorsu» mehmonxonasi rekonstruksiyasi nima uchun oqsayotgani haqida gapirib, bu jarayonda Toshkent shahar hokimligi va boshqa mutasaddilarni ayblagan edi.

31 yanvar kuni Tashkent City xalqaro ishbilarmonlik markazida o‘tkazilgan matbuot anjumanida turkiyalik tadbirkorning e’tirozlariga javob berildi, deb xabar berdi «Daryo» nashri.

Xususan, O‘zbekiston Iqtisodiyot va sanoat vazirining birinchi o‘rinbosari Ravshan G‘ulomovning aytishicha, Ahmet Demir «Chorsu» mehmonxonasi bo‘yicha o‘z investitsiya majburiyatlarini hamon bajarmagan.2017 yilda

Demir Group kompaniyasi 2017 yilning sentyabr oyida «Chorsu» mehmonxonasi binosini kamida 33 million dollar miqdorida investitsiya majburiyatlarini bajarish sharti bilan nol xarid qiymatida sotib oldi.

«Mana Tashkent City. U qurilmoqda, lotlar bunyod etilyapti. Undan yarim kilometr masofada joylashgan ‘Chorsu’ mehmonxonasini olaylik. 20 yildan beri qurilmoqda. Turkiyalik tadbirkorga uni bepul berganmiz.

To‘rt yulduzli mehmonxona va’da qilishgandi, katta va’dalar berilgan, 30 million xorijiy investitsiyalar aytilgan. Natijani ko‘ryapmiz. Va’dani bajarish o‘rniga, o‘zbek banklari pul bermagani, shuning uchun muddatlar kechikayotgani haqida gapirmoqda. Bu yerda o‘zbek banklarining nima aloqasi bor? Investor majburiyatlarni o‘z zimmasiga olgan», — deydi Ravshan G‘ulomov.

«Eng katta muammo - qog‘ozbozlik. Bizga qo‘shimcha yer kerak, sababi mehmonxona kamida to‘rt yulduzli bo‘lib, 350 ta xonadan iborat bo‘ladi. Xorijlik hamkorlarimiz bunday yirik inshootda namunali xizmat ko‘rsatish uchun 2 gektarlik maydon kamlik qilishini aytishgandi. Shundan so‘ng biz Toshkent shahar hokimiyati va boshqa mutasaddilarga qo‘shimcha yer maydoni ajratish bo‘yicha murojaat etgandik. Natijada yana 3 gektar yer qo‘shib berilishi va’da qilinib, bu haqda davlat rahbarining qarori ham chiqdi», — degan edi Axmet Demir o‘z intervyusida.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Vazir o‘rinbosari turkiyalik investor Axmet Demirning aybloviga javob qaytardi