21:53 / 01.02.2019
11 873

Toshkentda 13 yoshli qiz o‘zining «o‘g‘irlanishini» qanday tashkillashtirdi?

Toshkentda 13 yoshli qiz o‘zining «o‘g‘irlanishini» qanday tashkillashtirdi?
13 yoshli maktab o‘quvchisi ota-onasining e’tiborini tortishga qaror qilib, o‘zining o‘g‘irlanishini tashkillashtirdi, deb xabar bermoqda IIBB matbuot xizmati.

29 yanvar kuni Mirobod tumani IIO FMBga 13 yoshli Oyqiz B.ning 39 yoshli otasi Umid G. murojaat qilgan. U qizining maktab darslaridan keyin uyiga qaytmaganligini aytgan.

O‘sha kunning o‘zida soat 15:00da qizning onasining telefoniga quyidagicha xabar kelgan: “agar qizingni ko‘rishni istasang, men aytadigan pulni olib kel, bo‘lmasa uni ko‘rmaysan”.

IIBB xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor-qidiruv natijasida voyaga yetmagan qizning joylashgan joyi aniqlangan. Qizni “Chilonzor” metro bekatiga yaqin joydan topishgan.

Aniqlanishicha, qizni hech kim o‘g‘irlamagan, xabarni esa o‘zi yuborgan. Qiz ushbu harakatini unga ota-onasining e’tibori yetmayotganligi, pulni esa muhtojlarga bermoqchi bo‘lgani bilan izohlagan.

Hozirda qiz va uning ota-onasi bilan profilaktik suhbatlar o‘tkazilmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Toshkentda 13 yoshli qiz o‘zining «o‘g‘irlanishini» qanday tashkillashtirdi?