22:30 / 02.02.2019
5 006

Toshkent shahri va viloyatiga doimiy ro‘yxatga qo‘yish qay tartibda amalga oshiriladi?

Toshkent shahri va viloyatiga doimiy ro‘yxatga qo‘yish qay tartibda amalga oshiriladi?
Viloyatlardan Toshkentga o‘qigani, ishlagani kelgan fuqorolarning aksariyati poytaxtda qolib hayotini shu yerda davom ettirishni niyat qilishi bor gap. Biroq Toshkentda uy-joy olish uchun propiska zarurati yurtdoshlarimizni qiynayotgan masalalardan biridir.

Ana shunday yurtdoshlarimizning bir nechasi «Toshkentda doimiy propiska qilish huquqiga ega tashkilotlar soni yana ikkitaga ko‘paydi » sarlavhali maqoladan so‘ng, Kun.uz tahririyatiga qo‘ng‘iroq qilib, o‘z e’tirozlarini bildirishdi. Ularning so‘zlariga ko‘ra, «doimiy propiska olishning o‘zi bo‘lmayapti, hujjatlar to‘plamini tayyorlashga oylab vaqt ketmoqda». Ular Kun.uz surishtirmasdan, tekshirmasdan xabar tarqatmoqda, kabi e’tirozlar ham bildirishdi.

Biz holatga oydinlik kiritish maqsadida Toshkent shahar IIBBga murojaat qildik. ShIIBB MvaFRBdan ma’lum qilishlaricha, 2012 yil 1 mayidan 2018 yil 31 dekabriga qadar Vazirlar Mahkamasining 41-sonli qarorining 11-bandiga (tashkilot xodimlarini Toshkentda doimiy ro‘yxatga qo‘yish) asosan 18 767 nafar fuqaro Toshkent shahriga doimiy ro‘yxatga qo‘yilgan.

Xo‘sh, umuman Toshkent shahri va viloyatiga doimiy ro‘yxatga qo‘yish qay tartibda amalga oshiriladi? Buning uchun qanday hujjatlar talab qilinadi?

1) Doimiy propiska olishni istagan fuqaro ishlayotgan korxona, tashkilot yoki vazirlik fuqaroni Toshkent shahrida doimiy ro‘yxatdan o‘tkazishni so‘rab, MvaVRBga elektron pochta orqali iltimosnoma yuboradi.
2) Iltimosnoma MvaVRBga yetib kelgandan so‘ng, doimiy ro‘yxatga o‘tmoqchi bo‘lgan fuqaro tomonidan o‘rnatilgan tartibda ariza yoziladi.
3) Davlat boji to‘langani haqida kvitansiya.
4) Uy egasining rozilik arizasi, uyning kadastr hujjatlari.
5) Nikohdan o‘tganligi xaqida guvohnoma (turmush qurgan bo‘lsa)
6) Farzandlarining tug‘ilganligi haqidagi guvohnomasi
7) Oldingi turgan uy manzilidan o‘chganlik varaqa.

MvaFRB mazkur hujjatlar taqdim etilganidan so‘ng, uch ish kunida fuqaroni belgilangan tartibda doimiy ro‘yxatga qo‘yishni amalga oshiradi.

Shundan so‘ng, biz xodimlari Toshkentda doimiy ro‘yxatdan o‘tish huquqiga ega bo‘lgan ayrim tashkilotlar bilan bog‘lanib, xodimlarini Toshkentda doimiy propiskaga taklif qilish jarayoni bilan qiziqdik.

Xususan, Madaniyat vazirligida ichki komissiya tashkil etilgan bo‘lib, xodimning malakasi, vazirlik uchun nimalar qilgani, qanday yutuqlarga erishgani o‘rganib chiqiladi. Ichki komissiya, o‘z xodimi kelgusida tashkilot uchun manfaat keltiradi, degan xulosaga kelsa, uni doimiy ro‘yxatdan o‘tkazishni so‘rab MvaFRBga xat bilan murojaat qilinadi.

Xalq ta’limi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirliklari va boshqa davlat idoralarida ham shu yo‘sinda xodimni doimiy propiskaga tavsiya etish masalasi ko‘rib chiqiladi. Sodda til bilan aytganda, xodimning ish malakasi, bilimi, tajribasidan kelib chiqqan holda tavsiyanoma haqida buyruq hozirlanadi.

O‘rganishlarimiz natijasida shuni aytish mumkinki, xodimning yuqori rahbariyatidan Toshkent propiskasi uchun tavsiyanoma olishi, ko‘plab hujjatlar talab qilinishi emas, balki uning vazirlik, idora yoki tashkilot uchun qanchalik muhim kadr ekaniga bog‘liq.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Toshkent shahri va viloyatiga doimiy ro‘yxatga qo‘yish qay tartibda amalga oshiriladi?