2018 yil davomida Toshkent avtomobil yo‘llarida sodir etilgan yo‘l-transport hodisalari soni 2017 yilga nisbatan 23,4 foizga, halok bo‘lganlar soni 19,5 foizga, jarohat olganlar soni 22,3 foizga kamaygan. Bu haqda O‘zA xabar berdi.
Joriy yilning o‘tgan bir oyi davomida sodir etilgan yo‘l–transport hodisalari soni 2018 yilning shu davriga nisbatan 30,4 foiz, halok bo‘lganlar soni 64,3 foiz, jarohat olganlar soni 31,5 foizga kamaygan.
Toshkentda transport vositalarining harakatlanishi nisbatan tartibli bo‘lib bormoqda. Bunda fuqarolarning bir-birlarini tartib buzishlarini nazorat qilib borishlari ham ijobiy natija bermoqda.
Toshkent shahar IIBB YHXB boshqarmasida ochilgan ijtimoiy tarmoqda o‘zining ko‘plab takliflari, transport vositalarini boshqarishda haydovchilar tomonidan yo‘l qo‘yilgan huquqbuzarliklar qayd etilgan videolavhalar orqali muntazam ravishda hamkorlik qilib kelayotgan bir guruh fuqarolar rag‘batlantirilib, «Yo‘l posboni» faxriy yorliqlari taqdim etildi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
O‘zbekistonda o‘tgan uch oyda qancha avtomobil ishlab chiqarilgan?
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Damas uchun onlayn kontraktatsiya ochiladi