11:30 / 04.02.2019
4 724

Muftiy Usmonxon Alimov Abu-Dabidagi xalqaro anjumanda qatnashmoqda (foto)

Muftiy Usmonxon Alimov Abu-Dabidagi xalqaro anjumanda qatnashmoqda (foto)
Foto: O‘MI
O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Usmonxon Alimov hazratlari Musulmon donishmandlar kengashi raisi, doktor Sulton Rumaysiy janoblarining taklifiga binoan Birlashgan Arab Amirligining Abu-Dabi shahrida bo‘lib o‘tayotgan xalqaro anjumanda ishtirok etmoqda. Bu haqda O‘zbekiston musulmonlari idorasi matbuot xizmati xabar berdi.

3 fevral kuni Abu-Dabi shahrida Insoniy birodarlik bo‘yicha anjuman o‘z ishini boshladi. Anjuman bosh homiysi BAA amiri Shayx Muhammad bin Zoid al-Nahyon hisoblanadi. Unda dunyoning barcha mamlakatlaridan kelgan taniqli ulamolar, mashhur muftiylar, professor-olimlar, yetuk ekspertlar, davlat va din arboblari hamda turli konfessiya yetakchilari ishtirok etmoqda. Yig‘inga butun jahondan mingdan ortiq mehmonlar kelgan.

Dunyo xalqlari turli muammolarga duch kelayotgan hozirgi murakkab sharoitda din peshvolari bir joyga jamlanib, yagona maqsad yo‘lida hamkorlik qilishlari har qachongidan ham dolzarb ahamiyat kasb etmoqda.

Ushbu nufuzli anjumanda so‘zga chiqqan notiqlar turli xalqlar o‘rtasida o‘zaro birdamlik, hamjihatlikni mustahkamlash, o‘zaro ahillikka erishish, turli ixtilof va firqachilikka barham berish kerakligi borasida so‘zlaydi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Muftiy Usmonxon Alimov Abu-Dabidagi xalqaro anjumanda qatnashmoqda (foto)