00:30 / 07.02.2019
8 512

Elektr energiyasi va tabiiy gaz uchun to‘lov intizomiga o‘zgartish kiritildi

Elektr energiyasi va tabiiy gaz uchun to‘lov intizomiga o‘zgartish kiritildi
Iste’molchilarga energiya yetkazib berish iste’molchilar tomonidan murojaat qilinganida 50 foizlik oldindan haq to‘lash asosida ham amalga oshiriladi.

Elektr energiyasi va tabiiy gaz yetkazib berish hamda iste’mol qilish sohasida to‘lov intizomini yanada mustahkamlash, shuningdek, ijro ishi yuritish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi Prezident Farmoniga o‘zgartirish kiritildi. Bu haqida Adliya vazirligining “Huquqiy axborot” kanali ma’lum qildi.

Kiritilgan o‘zgartirishlarga muvofiq, iste’molchilarga energiya yetkazib berish iste’molchilar tomonidan murojaat qilinganida 50 foizlik oldindan haq to‘lash asosida ham amalga oshiriladi. Ilgari, energiya faqat 100 foizlik oldindan haq to‘langanida yetkzib berilgan.

Oldindan haq to‘lanmagan, 50 foizlik haq to‘laydigan iste’molchilar tomonidan oy oxirigacha yakuniy haq to‘lanmaganda, mazkur iste’molchilarga nisbatan elektr va gazdan to‘liq uzishgacha bo‘lgan choralar ko‘riladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Elektr energiyasi va tabiiy gaz uchun to‘lov intizomiga o‘zgartish kiritildi