07:02 / 08.02.2019
10 632

Shavkat Mirziyoyevga «xat yozgan» uysiz bola kim ekani aniqlandi

Shavkat Mirziyoyevga «xat yozgan» uysiz bola kim ekani aniqlandi
Toshkent shahar IIBB xodimlari bolalar uyi tarbiyalanuvchisi Aleksandr Borisovni qidirib topishdi, deb xabar qilmoqda IIBB matbuot xizmati.
Biroz oldin go‘yoki Borisov nomidan prezidentga “yozilgan xat” ijtimoiy tarmoqlarda keng tarqatilgan edi. Xatda yotoqxonada uni kaltaklashlari tufayli ko‘chada yashashga majbur bo‘layotganini, pasportini o‘g‘irlab ketishgani va IIBB xodimlari uni hujjati yo‘qligi uchun doim bo‘limga olib ketishlariga “arz qilgan”.

Toshkent shahar IIBB xodimlari Aleksandr Borisovni qidirib topishdi va unga yordam berishdi. U yuvinib, sochini oldirib biometrik pasportga suratga tushdi. Ayni damda u 58 sonli poliklinikada tibbiy ko‘rikdan o‘tmoqda. Ko‘rikdan so‘ng unga ishga joylashishda yordam berishadi. Huquqni saqlash organlari xodimlari Borisovning yotoqxonasidagi vaziyat bilan ham tanishib chiqishni va’da berishgan.

Toshkent shahar IIBB multimedia markazi xodimlari uning nomidan prezidentga yozilgan xatni ko‘rsatishganda, Borisov xatni u yozmaganini va uni internetda kim tarqatganidan xabari yo‘qligini ta’kidladi.

Undan tashqari yosh yigit pasportini o‘zi yo‘qotib qo‘yganini va ba’zan alkogolli ichimliklar ichib turishini ham xabar qilgan. Buni Borisov oldin ishlagan shirkat xodimlari ham tasdiqlashgan.
IIBB xodimlari Borisov taqdiridan doimiy ravishda xabardor bo‘lib turishni va’da berishmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Shavkat Mirziyoyevga «xat yozgan» uysiz bola kim ekani aniqlandi