07:30 / 08.02.2019
6 507

Bosh prokuratura O‘zbekistonda kazino tashkillashtirilishi haqidagi xabarga oydinlik kiritdi

Bosh prokuratura O‘zbekistonda kazino tashkillashtirilishi haqidagi xabarga oydinlik kiritdi
Investorlar tomonidan Qoraqolpog‘iston Respublikasi Mo‘ynoq tumanida kazino (o‘yin biznesi)ni tashkil qilish masalasi bo‘yicha takliflar berilgan. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati rahbari Surayyo Rahmonova ma’lum qildi.

«Mo‘ynoq hududini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish nuqtayi nazaridan investorlar tomonidan ko‘plab investitsion loyihalar taklif etilmoqda. Bosh prokuratura tegishli vazirlik va idoralar bilan ushbu takliflarni o‘rganmoqda. Kazino (o‘yin biznesi) masalasi bo‘yicha ham takliflar kelib tushgan, uni amalga oshirish ehtimolining barcha aspektlari o‘rganib chiqilmoqda», – deydi Surayyo Rahmonova.

Ma’lumot uchun, O‘zbekistonda kazino faoliyati qonun bilan taqiqlangan.
Bundan avval, hozirgi vaqtda tegishli normativ akt tayyorlash bo‘yicha Bosh prokuratura tomonidan ishlar olib borilayotgani haqida xabarlar tarqalgan edi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Bosh prokuratura O‘zbekistonda kazino tashkillashtirilishi haqidagi xabarga oydinlik kiritdi