17:05 / 08.02.2019
6 963

Xalq bankining Yozyovon tuman filialidan 100 ming dollar pul yo‘qolib qoldi

Xalq bankining Yozyovon tuman filialidan 100 ming dollar pul yo‘qolib qoldi
Qator OAVda tarqagan xabarga ko‘ra, 5 fevral kuni Xalq bankining Farg‘ona viloyati Yozyovon tumanidagi filialidan 100 ming dollar naqd pul yo‘qolgan.

Kun.uz ushbu ma’lumotga oydinlik kiritishni so‘rab, Bosh prokuratura matbuot xizmati rahbari Surayyo Rahmonovaga murojaat qildi.

Uning aytishicha, tuman IIB navbatchilik qismiga 2019 yilning 5 fevral kuni soat 23:40da AT “Xalq banki” tuman filiali tomonidan berilgan xabar hamda bank boshqaruvchisi tomonidan berilgan arizada, bank g‘aznasidan o‘zbek so‘mi ekvivalenti 838 mln so‘m bo‘lgan 100 ming AQSh dollari miqdoridagi mablag‘lar yo‘qligi, bu haqda shu kuni soat 20:00larda g‘aznani yopish vaqtida aniqlanganligi ko‘rsatilgan.

«Mazkur holat yuzasidan tuman prokuraturasi va ichki ishlar bo‘limi tezkor xodimlaridan iborat tarkibda tezkor-tergov guruhi tuzilib, xolislar va tegishli mutaxassislar jalb qilingan holda voqea joyi ko‘zdan kechirilgan.

2019 yil 5 fevral kuni tuman IIB huzuridagi tergov bo‘linmasi boshlig‘i tomonidan O‘zbekiston Respublikasi JKning 169-moddasi 4-qismi “a” bandi bilan (o‘g‘rilik, juda ko‘p miqdorda - tah.) jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan», - deydi Bosh prokuratura rasmiy vakili.

Uning qayd etishicha, hozirda tuman IIB huzuridagi tergov bo‘linmasi tomonidan dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Xalq bankining Yozyovon tuman filialidan 100 ming dollar pul yo‘qolib qoldi