Tashqi ishlar vazirligi O‘zbekiston fuqarolarining ijtimoiy tarmoqlar orqali yo‘llayotgan murojaatlari munosabati bilan quyidagilarni ma’lum qildi:
«O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi huzuridagi Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi tomonidan mehnat migratsiyasida bo‘lib turgan va chet elda vafot etgan vatandoshlar jasadini O‘zbekiston Respublikasiga olib kelishda amaliy yordam ko‘rsatiladi.
Agarda O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi bo‘lgan yaqin qarindoshingiz yoki tanishingiz bunday holatlarga tushib qolganligi va yordamga muhtojligi to‘g‘risida ma’lumotga ega bo‘lsangiz, Rossiya Federatsiyasidagi Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining Vakolatxonasiga yoki Tashqi mehnat migratsiyasi agentligiga murojaat qilishingiz tavsiya etiladi.
Ma’lumot uchun:
- Rossiya Federatsiyasidagi manzil: Moskva shahri, 1-Kazachiy tor ko‘chasi, 11/2 (1-y Kazachiy pereulok, 11/2). Murojaat uchun telefon raqami: +7-903-507-76-67.
- O‘zbekiston Respublikasida manzil: Toshkent shahri Olmazor tumani, Qamarniso ko‘chasi, 1-uy. Murojaat uchun telefon raqami: +998-71-202-33-55 (ichki raqam: 16, 17). Telegram kanali: @migration_uz», — deyiladi xabarda. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
O‘zbekistonda o‘tgan uch oyda qancha avtomobil ishlab chiqarilgan?
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Damas uchun onlayn kontraktatsiya ochiladi