Farg‘ona shahar uy-joy bo‘limi xodimi 1 ming 500 dollari miqdorida pora olayotganida qo‘lga olindi. Bu haqda Farg‘ona viloyat IIB matbuot xizmati xabar bermoqda, deyiladi O‘zA xabarida.
Joriy yilning 2 fevral kuni Farg‘ona shahrida istiqomat qiluvchi A.S. viloyat ichki ishlar boshqarmasiga ariza bilan murojaat qilib, unga ko‘ra shaharning Yangi asr ko‘chasida joylashgan otasi nomiga rasmiylashtirilgan orderli uyni o‘z nomiga o‘tkazib berishlarini so‘rab, shahardagi uy-joy bo‘limiga murojaat etgan. Bo‘limda mutaxassis sifatida ishlovchi xodim orderni uning nomiga rasmiylashtirib berish evaziga 1500 AQSh dollari pora talab qilayotganligini bildirgan.
Fuqaroning arizasiga asosan viloyat IIB JQB Korrupsiya va iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish bo‘limi xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida gumonlanuvchi Qirguli mavzesida arizachidan kelishilgan pullarni olayotgan vaqtida daliliy ashyo bilan qo‘lga olingan.
Hozirda mazkur holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan bo‘lib, tergov harakatlari olib borilmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
O‘zbekistonda zilzilaga tayyorgarlik kuchaytiriladi
Erdo‘g‘on: «Isroil Gitlerdan ham o‘tib ketdi»
«Real Madrid» ustozi Karlo Anchelotti kechagi g‘alabadan so‘ng nimalar dedi?
Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
AQSH razvedkasi: Ukraina 2024 yil oxirigacha urushda yutqazishi mumkin
Qondagi shakar miqdorini tartibga soluvchi foydali meva nomi aytildi
Qozog‘istonlik milliarderlar suv toshqinidan zarar ko‘rgan hududlarga mablag‘ ajratdi
Xotirani yaxshilashning juda oddiy usuli topildi