21:05 / 10.02.2019
6 089

Toshkentda 14 yoshli qiz selfi olaman deb 3-qavatdan tushib ketdi

Toshkentda 14 yoshli qiz selfi olaman deb 3-qavatdan tushib ketdi
2019 yil 9 fevral kuni Toshkent shahrining Yunusobod tumanida yashovchi, 14 yoshli o‘rta maktab o‘quvchisi F.T. (qiz) 3-qavatda joylashgan uyining deraza oynasi oldida mobil telefoni orqali o‘zini rasmga (selfi) tushirayotgan vaqtida ehtiyotsizligi sabab pastga tushib ketgan.

Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabar bermoqda.
Natijada F.T. jarohat olib kasalxonaga yotqizilgan. Surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Toshkentda 14 yoshli qiz selfi olaman deb 3-qavatdan tushib ketdi