06:28 / 12.02.2019
5 964

Qidiruvda boʻlgan oilaviy firibgarlar Toshkentda qoʻlga olindi (video)

Qidiruvda boʻlgan oilaviy firibgarlar Toshkentda qoʻlga olindi (video)
Toshkent shahar IIBB tomonidan poytaxt hududida yashirincha yashab kelayotgan oilaviy firibgarlar qoʻlga olindi. Bu haqda “Oʻzbekiston 24” kanali axborot dasturida xabar berildi.

Mazkur shaxslar Oʻzbekiston Respublikasi JKning 168-moddasida (“Firibgarlik”) koʻzda tutilgan jinoyatni sodir etganligi uchun Fargʻona viloyati IIB tomonidan qidiruvga berilgan edi. Jinoiy guruh aʼzolarini qoʻlga olishda tezkor guruh xodimlariga faol qarshilik koʻrsatilgan.

Jabrlanuvchilarning maʼlum qilishicha, firibgar ayollar tilla zargarlik buyumlari deb ishontirib, sotgan taqinchoqlar sariq misdan ishlangan boʻlib chiqqan. Zargarlik buyumlarini firibgarlik yoʻli bilan sotgan soxta tillafurushlar dastlab haqiqiy tilla buyumlarni zargardan tekshirtirgan, shundan soʻng jabrlanuvchi pulni sanab bergunga qadar buyumlarni xuddi shunday ishlangan oddiy taqinchoqlarga almashtirib qoʻygan.

Asli fargʻonalik 47 yoshli Sohibova O. muqaddam bir necha marta sudlangan, yuzlab insonlarni chuv tushurgan. Firibgarlar oilasi Uchtepa tumanidagi xonadonlardan birida ijarada yashab kelayotganligi aniqlangan. Ularni qoʻlga olish chogʻida ichki ishlar xodimlariga nisbatan oshxona jihozlari yordamida faol qarshilik koʻrsatilgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Qidiruvda boʻlgan oilaviy firibgarlar Toshkentda qoʻlga olindi (video)