12:15 / 13.02.2019
7 798

Yosh oilalarga qanday maqsadlarda kreditlar beriladi?

Yosh oilalarga qanday maqsadlarda kreditlar beriladi?
Yosh oilalarga qanday maqsadlarda mikrokreditlar beriladi? Bu savolga Adliya vazirligining «Huquqiy axborot» kanalida xabar berildi.
– oilaviy tadbirkorlikni tashkil etish uchun;
– mikrofirmalar, kichik korxonalar, oilaviy korxonalar, fermer xo‘jaliklari, shuningdek yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lgan dehqon xo‘jaliklari dastlabki (boshlang‘ich) sarmoyasini shakllantirish uchun;
– yakka tartibdagi tadbirkorlik, mikrofirmalar, kichik korxonalar, oilaviy korxonalar, fermer va dehqon xo‘jaliklarini kengaytirish va rivojlantirish uchun.

Kreditlar quyidagi imtiyozli shartlar asosida beriladi:
– oilaviy tadbirkorlikni tashkil etish uchun mikrokreditlar bo‘yicha foiz stavkasi Markaziy bankning amaldagi qayta moliyalash stavkasidan ortiq bo‘lmagan miqdorda o‘rnatiladi;
– ipoteka kreditlari uch yillik imtiyozli davr bilan foiz stavkasi Markaziy bankning amaldagi qayta moliyalash stavkasidan ortiq bo‘lmagan miqdorda belgilanadi;
– moliyaviy iste’mol kreditlari olti oylik imtiyozli davr bilan foiz stavkasi Markaziy bankning amaldagi qayta moliyalash stavkasidan ortiq bo‘lmagan miqdorda belgilanadi.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Yosh oilalarga qanday maqsadlarda kreditlar beriladi?