Kuvaytning Alshaya Group kompaniyasi O‘zbekistonda mehmonxona biznesi bilan shug‘ullanishga qiziqish bildirmoqda. Xorijiy kompaniya yaqin kunlarda Toshkent shahridagi «O‘zbekiston» mehmonxonasida bo‘lgan davlat ulushini sotib olishi mumkin, deb xabar bermoqda Kun.uz nashri.
14 fevral kuni kompaniya ijrochi direktori Muhammad al-Shay boshchiligidagi delegatsiya O‘zbekiston Respublikasi Tashqi savdo va investitsiyalar vazirligida muzokaralar olib bordi. Uchrashuvda arab ishbilarmonlari mehmonxona biznesi, xususan «O‘zbekiston» mehmonxonasidagi davlat ulushini sotib olishga qiziqish bildirgan.
Foto: O‘zbekiston Tashqi savdo va investitsiyalar vazirligi
Eslatib o‘tamiz, hukumat mashhur «O‘zbekiston» mehmonxonasidagi davlat ulushini sotishi haqida xabar tarqatgandi. 1974 yili qurilgan mehmonxona binosi 33 million AQSh dollariga baholanmoqda. Binoda so‘nggi rekonstruksiya ishlari 2010 yili olib borilgan. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
O‘zbekistonda zilzilaga tayyorgarlik kuchaytiriladi
Erdo‘g‘on: «Isroil Gitlerdan ham o‘tib ketdi»
«Real Madrid» ustozi Karlo Anchelotti kechagi g‘alabadan so‘ng nimalar dedi?
Sirdaryoda budjetga juda ko‘p miqdorda zarar yetkazgan mayning ferma aniqlandi
Buxoro viloyatida «Neksiya-3» avtomashinasi buklanib qoldi
Nega Tramp Zelenskiyni yomon ko‘radi?
Xotirani yaxshilashning juda oddiy usuli topildi
Davlat xavfsizlik xizmati maklerlarga qo‘shib mansabdorlarni ham qo‘lga oldi