19:53 / 15.02.2019
4 295

Shahardagi yerlarni xususiylashtirish tartibi 1 aprelgacha ishlab chiqiladi

Shahardagi yerlarni xususiylashtirish tartibi 1 aprelgacha ishlab chiqiladi
«Noqishloq xo‘jalik ahamiyatidagi yer uchastkalarini xususiylashtirish to‘g‘risida»gi qonun loyihasi shu yilning 1 aprel kuniga qadar ishlab chiqiladi. Unda shaharda bo‘sh turgan, ishlatilmay qolgan yerlarni sotish tartibi belgilanishi kutilmoqda. Bu haqda Kun.uz nashri xabar bermoqda.
«O‘sha yerdan (bo‘sh turgan yerdan - tahr.) samarali foydalanish uchun nima qilish kerak? Uning egasi bo‘lishi lozim. Shunda tadbirkor o‘z puliga sotib olgan yerga ko‘z olaytirilmasligini biladi. Shuningdek, bu yo‘l bilan tadbirkorlarni shaharlarga jalb etish maqsad qilib qo‘yilgan. O‘sha yerda korxonasini quradimi, uy-joy quradimi, tadbirkorlarni rag‘batlantirish mexanizmi kerak», – deya ta’kidladi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi huzuridagi Prognozlashtirish va makroiqtisodiy tadqiqotlar instituti direktori o‘rinbosari​ Tursun Ahmedov Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanda.

Ahmedovning aytishicha, yerni sotish masalasi har xil ijtimoiy salbiy oqibatlarga olib kelishi ham mumkin. Bu yerda tabaqalashuv va aholining xarid quvvati haqida gap ketmoqda.
«Boylar sotib olib, kambag‘allar qolib ketadi, tabaqallashuv kuchayadi, degan gaplar bor. Yer kimga, qancha miqdorda sotiladi, qiymat va tartib qanday bo‘lishi qonunda belgilanadi. Mutasaddi tashkilotlar yerning qiymatini aniqlash, keyinchalik ijaraga berish masalasi ham hal qilinmoqda», – deydi u.
Ahmedov «Konstitutsiyada ham yer davlatniki» ekanligiga urg‘u berib, quyidagicha fikrni bildirdi.
«Lekin Konstitutsiyada yozilmaganki, u sotiladi yo yo‘q. Mulk bozori shakllantirilishi kerak. Bu birdan amalga oshmaydi», – deb qo‘shimcha qilgan u.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Shahardagi yerlarni xususiylashtirish tartibi 1 aprelgacha ishlab chiqiladi