06:00 / 16.02.2019
5 095

Ichki reyslarda temir yo‘l chiptalari qimmatlashadi

Ichki reyslarda temir yo‘l chiptalari qimmatlashadi
“O‘zbekiston temir yo‘llari” aksiyadorlik jamiyati 2019 yilning 1 martidan boshlab “Afrosiyob” tezyurar poyezdlaridan tashqari barcha mahalliy yo‘nalishlarda qatnovchi yo‘lovchi poyezdlar chiptalarining narxi 20% ga oshishini ma’lum qildi. Bu haqda jamiyatning Matbuot xizmati xabar bermoqda.

Xabarda aytilishicha, narxlarning oshishi o‘z navbatida har kuni sarflanib kelinayotgan elektr energiya, xom ashyolar, harakatlanish davomida vujudga keladigan barcha xarajatlarni qoplash va poyezdda xizmat ko‘rsatuvchi barcha xodimlarga munosib ish haqini to‘lashga zamin yaratadi.

Narxlarni tartibga solish o‘z navbatida poyezd yo‘nalishlar sonini ko‘payishiga olib keladi va ijtimoiy ahamiyatga ega bo‘lgan yo‘nalishlarni doimiy ravishda ta’minlab turadi.

Shuningdek, “O‘zbekiston temir yo‘llari” aksiyadorlik jamiyati 2019 yilning 1 martidan boshlab mahalliy qatnovlarda yuk tashish tariflari 20% ga oshishini ma’lum qiladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Ichki reyslarda temir yo‘l chiptalari qimmatlashadi