08:30 / 17.02.2019
6 886

Toshkent viloyatida erkak oʻz ayolini oʻldirish uchun $1500 ga “killer” yolladi

Toshkent viloyatida erkak oʻz ayolini oʻldirish uchun $1500 ga “killer” yolladi
Foto:UzNews.uz
UzNews.uzʻning huquqni muhofaza qilish organlaridagi manbasining xabar berishicha, 11 fevral kuni Toshkent viloyati IIBga Chirchiq shahrida yashovchi 1970 yilda tugʻilgan fuqaro B.Yu. ariza bilan murojaat qilib, oʻz arizasida tanishi Qibray tumanida yashovchi 1981 yilda tugʻilgan fuqaro D.A. sobiq turmush urtogʻi 1979 yilda tugʻilgan fuqaro Sh.M.ni oʻldirishi uchun unga 1500 AQSH dollari vaʼda qilayotganligi xaqida maʼlum qilgan.

Ushbu holat yuzasidan oʻtkazilgan tezkor tadbir davomida, 13 fevral kuni soat 20:00da B.Yu. buyurtmachi D.A. bilan uchrashib, unga qotillik jinoyati sodir etilganligi sahnalashtirilgan foto suratlar hamda sobiq turmush oʻrtogʻiga tegishli ayollar sumkasi berilganidan soʻng buyurtmachi D.A. ishni bitirganligi uchun fuqaro B.Yu.ga kelishilgan puldan 400.000 soʻmini berayotgan vaqtida daliliy ashyolar bilan qoʻlga olingan.

Mazkur holat yuzasidan Toshkent viloyat prokuraturasi tomonidan fuqaro D.Yu.ga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 25/97-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, ehtiyot chorasi sifatida qamoqqa olingan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Toshkent viloyatida erkak oʻz ayolini oʻldirish uchun $1500 ga “killer” yolladi