20:18 / 20.02.2019
6 536

Ona 2-sinfda o‘qiydigan o‘g‘lini 20 millionga sotayotganda qo‘lga olindi​ (foto)

Ona 2-sinfda o‘qiydigan o‘g‘lini 20 millionga sotayotganda qo‘lga olindi​ (foto)
Termizda 2-sinfda o‘qiydigan o‘g‘lini 25 million so‘mga sotish istagida bo‘lgan ayol qo‘lga olindi, deya xabar beradi «UZ24».

2019 yilning 1 fevral kuni termizlik N.N. 2019 yil yanvar oyining o‘rtalarida fuqaro Zubayda (ism shariflar shartli ravishda o‘zgartirilgan) ismli ayol o‘zining o‘g‘li Arslonbekni 25 million so‘mga sotish maqsadi borligini va uning ushbu ishlari qonunga xilof ekanligini va unga nisbatan qonuniy chora ko‘rilishini so‘rab Surxondaryo viloyati IIB boshlig‘i nomiga ariza bilan murojaat qilgan.

Mazkur holat yuzasidan 2019 yilning 2 fevral kuni viloyat IIB JQB UJQKB xodimlari tomonidan Termiz tumani Alisher Navoiy nomidagi mahalla hududida o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida Zubayda o‘g‘lini 20 million so‘mga N.N.ga sotayotgan vaqtida tezkor tadbir vaqtida qo‘lga olingan.

Hozirda mazkur holat yuzasidan, Z.J.ga nisbatan Jinoyat Kodeksining 135-moddasi 3-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov va surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Ona 2-sinfda o‘qiydigan o‘g‘lini 20 millionga sotayotganda qo‘lga olindi​ (foto)