“International Beverages Tashkent” MChJ QKdagi 24 foizlik davlat ulushi sotuvga qo‘yiladi. Bu Prezidentning 19 fevraldagi davlat mulki ob’ektlaridan samarali foydalanish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risidagi Farmonida belgilab berildi.
Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotiga ko‘ra, ushbu qo‘shma korxonada davlatning ulushi 24 foiz bo‘lsa, qolgan 76 foizi Holten Group Corp. kompaniyasiga tegishlidir.
“International Beverages Tashkent” Zip, 7up, Adrenaline Rush, Lipton va Miranda savdo markalari uchun ham javob beradi. Ushbu kompaniya zavodi 2011 yilda Sebur ichimliklari ishlab chiqarish bazasida ochilgan edi.
Yaqin oylar ichida aktivlarni sotuvga qo‘yish qiymati va muddatlari aniqlab olinadi.
Bundan oldin davlat “Coca-Cola”dagi ulushini sotuvga qo‘yishi aytilgandi. 2018 yil sentyabr oyida kompaniya aksiyalarining nazorat paketi(51,7 foizi) “O‘zbekozikovqatxolding”ga, qolgan 42,9 foizi “The Coca-Cola Export Corporation”ga tegishli ekanligi ma’lum bo‘lgan.
“O‘zbekozikovqatxolding” o‘z ulushini xorijlik investorga sotishi kutilyapti. Bunda Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki vositachi vazifasini bajaradi va bitimni rasmiylashtirishga yordam beradi. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Damas uchun onlayn kontraktatsiya ochiladi
Germaniyaning Knauf kompaniyasi Rossiyadan butunlay chiqib ketishini tasdiqladi
Futzal. Osiyo Kubogi. Tojikiston Yaponiyani guruhda qoldirdi
Shveysariya prezidenti Putinga maktub yo‘lladi
HAMAS yetakchisi: Isroil Rafahga kirsa, Falastin xalqi oq bayroqni ko‘tarmaydi
Zohida Umarova nima sababdan o‘g‘li va kelini bilan birga yashamasligini aytdi
Olimlar o‘quvchilarning familiyasidagi bosh harf ularning bahosiga ta’sir qilishini aniqladi
AQSHning Suriyadagi harbiy bazasiga raketalar hujum qildi