Davlat test markazi rahbariyati 2020/21 o‘quv yilidan boshlab abituriyentlar 5 ta fan bo‘yicha imtihon topshirishi rejalashtirilayotganini ma’lum qildi, deb xabar bermoqda Kun.uz nashri.
Ma’lum qilinishicha, abituriyentlar test fanlari majmuasini ikki bo‘limga ajratib, ya’ni 3 ta majburiy hamda 2 ta ixtiyoriy fandan imtihon topshirishi nazarda tutilmoqda.
«Joriy yilning sentyabr-oktyabr oyida fanlar majmui ma’lum qilinadi. Bu Janubiy Koreya, Qozog‘iston, AQSh tajribasi asosida O‘zbekistonda amaliyotga kiritilmoqda», – deydi DTM rahbari Majid Karimov.
Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida «Oliy ta’lim muassasalariga test sinovlari orqali qabul qilish tizimini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi hujjat loyihasida ta’kidlanishicha, fanlar majmuasining birinchi bo‘limida ona tili, matematika va O‘zbekiston tarixi, ikkinchi bo‘limida esa da’vogarlik qilinayotgan ta’lim yo‘nalishiga mos ikkita fandan savollar berilishi mumkin.
Shuningdek, 2020-2021 o‘quv yilidan boshlab, yoshlarning ona tili bo‘yicha savodxonligini oshirish va aniqlash maqsadida yozish ko‘nikmalarini baholash uchun ona tili (o‘zbek, rus, qoraqalpoq) bo‘yicha diktant topshirish yo‘lga qo‘yiladi.
Ma’lum qilinishicha, yozish ko‘nikmasini baholash asosiy imtihonlarga qo‘shimcha ravishda tashkil etiladi, ammo bu qaysi mexanizmlar orqali ishlashi to‘liq ishlab chiqilmagan. Agar abituriyent yozma sinovdan yetarli ball to‘plasa, ona tili fani bo‘yicha testni topshirmasligi ham mumkin. Rejada ushbu yangilikni amalga oshirib tartibi joriy yilning oktyabr oyiga qadar rasman e’lon qilinadi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi
HAMAS yetakchisi: Isroil Rafahga kirsa, Falastin xalqi oq bayroqni ko‘tarmaydi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi»
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Germaniyaning Knauf kompaniyasi Rossiyadan butunlay chiqib ketishini tasdiqladi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?