2020/2021 o‘quv yilidan boshlab savollarning 30 va undan ko‘p foiziga to‘g‘ri javob bergan abituriyentlarga test natijalariga qarab sertifikat berish taklif etilmoqda.
23 fevral kuni O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida «Oliy ta’lim muassasalariga test sinovlari orqali qabul qilish tizimini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi qaror loyihasi bo‘yicha Davlat test markazi va ommaviy axborot vositalari vakillari o‘rtasida matbuot anjumani o‘tkazildi.
DTM boshqarmasi rahbari Sevara Zufarxo‘jayevaning xabar berishicha, 2020/2021 o‘quv yilidan boshlab kirish imtihonlari natijalariga qarab sertifikatlar berish rejalashtirilmoqda. Savollarning 30 va undan ko‘p foiziga to‘g‘ri javob bergan abituriyentlarga test natijalariga qarab davlat namunasidagi sertifikat beriladi. Bu natija bilan abituriyent agar birinchi yili o‘qishga kirolmasa keyingi yillarda tanlovda ishtirok etishi mumkin. Ushbu sertifikatning amal qilish muddati uch yilni tashkil qiladi.
Shuningdek, qaror loyihasida o‘tgan yil va undan oldingi davrda o‘qishni tugatgan abituriyentlar test sinovlarida ishtirok etishi uchun eng kam oylik ish haqining bir barobari miqdorida to‘lovni amalga oshirish tartibi taklif etilmoqda. Bu yangilikni shu yildan boshlab amalga oshirish taklif etilgan. Ammo, yuqorida aytilgan sertifikatni qo‘lga kiritgan abituriyentlar test sinovlarida bepul ishtirok etishlari mumkin.
Abituriyentlar kirish imtihonlariga hujjatlarini o‘z hududidagi Davlat xizmatlari markazi orqali topshirishi mumkin bo‘ladi. Bu yangilik Toshkentda o‘qimoqchi bo‘lgan viloyatlarda istiqomat qiluvchi abituriyentlarga o‘z yashash joylarida hujjat topshirish imkonini beradi.
Shu bilan birga, ona tili bo‘yicha imtihonni yozma ravishda o‘tkazish taklif etildi. Press-konferensiya spikerlarining fikricha, bu bo‘lajak talabalarning savodini oshirishga imkon beradi. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi»
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi