11:01 / 25.02.2019
4 089

Adliya vazirligiga yangi funksiyalar yuklanmoqda

Adliya vazirligiga yangi funksiyalar yuklanmoqda
Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi prezident qarori loyihasi joylashtirildi.

O‘zbekiston Respublikasi prezidentining ayrim qarorlariga quyidagi o‘zgartirish va qo‘shimcha kiritilishi mumkin:

O‘zbekiston Respublikasi prezidentining 2018 yil 13 apreldagi PQ–3666-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi to‘g‘risidagi nizomning 10-bandi (Vazirlik funksiyalari) 8-kichik bandida:

ikkinchi xatboshi chiqarib tashlanadi;
uchinchi – to‘qqizinchi xatboshilar tegishli ravishda ikkinchi – sakkizinchi xatboshilar deb hisoblanadi;
ikkinchi va to‘qqizinchi xatboshilar quyidagi tahrirda bayon etiladi:

“davlat organlari va tashkilotlar tomonidan huquqiy targ‘ibot va ma’rifat bo‘yicha olib borilgan ishlarni o‘rganadi, huquqiy targ‘ibot holatini tahlil qiladi, shuningdek, ularning ushbu yo‘nalishdagi faoliyatini takomillashtirish bo‘yicha tavsiyalar tayyorlaydi va takliflar ishlab chiqadi;

davlat organlari va tashkilotlarining huquqiy axborotdan keng ko‘lamda foydalanishini ta’minlaydi, ularning huquqiy targ‘ibot sohasidagi fuqarolik jamiyati institutlari va ommaviy axborot vositalari bilan samarali hamkorlik qilish bo‘yicha faoliyatini muvofiqlashtiradi;”.

Quyidagi mazmundagi to‘qqizinchi – o‘n birinchi xatboshilar bilan to‘ldiriladi:

“davlat organlari, tashkilotlari va aholini qonunchilikning mazmun-mohiyati va ahamiyati to‘g‘risida xabardor qilishning sifatini tubdan oshirish, ushbu faoliyatni tashkil qilishda prinsipial yangi yondashuvlarni ishlab chiqish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlarni amalga oshiradi;

aholining turli qatlamlari, shu jumladan, tadbirkorlar va yoshlarning axborotga bo‘lgan ehtiyojlarini hisobga olgan holda huquqiy targ‘ibotni amalga oshirishning zamonaviy mexanizmlarini joriy etish bo‘yicha takliflar ishlab chiqadi;

ijrochilar va aholini qonunchilikning mohiyati va ahamiyati to‘g‘risida xabardor qilishning sifatini tubdan yaxshilash maqsadida keng jamoatchilik fikrini o‘rganadi, tahlil qiladi, ushbu sohada ishlarni yanada takomillashtirish borasida takliflar ishlab chiqadi;”.

O‘zbekiston Respublikasi prezidentining 2017 yil 8 fevraldagi “Qonun hujjatlarini tarqatish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ–2761-son qarori 4-bandi o‘z kuchini yo‘qotgan deb topilishi mumkin.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Adliya vazirligiga yangi funksiyalar yuklanmoqda