21:00 / 25.02.2019
21 130

Poytaxtni Toshkentdan Jizzaxga ko‘chirish bo‘yicha o‘tkazilgan so‘rovnoma natijalari

Poytaxtni Toshkentdan Jizzaxga ko‘chirish bo‘yicha o‘tkazilgan so‘rovnoma natijalari
Avvalroq, yozuvchi Mamadali Mahmudov (Evril Turon) «Oltin o‘lka» essesida «O‘zbekiston iqtisodiy qudratining cho‘qqisiga chiqqan vaqtda» poytaxtni Toshkentdan Jizzaxga ko‘chirish taklifini bergani xabar qilingandi.
Ijodkorning mazkur taklifi jamoatchilik orasida ko‘plab munozaralarga sabab bo‘ldi.

«Sputnik» nashri mazkur masala yuzasidan so‘rovnoma o‘tkazdi. So‘rovda 649 kishi ishtirok etgan. Natijalarga ko‘ra, 50 foizdan ortiq kishi mamlakat poytaxtini Jizzax shahriga ko‘chirish maqsadga muvofiq emas degan bandga ovoz bergan. Ko‘pchilik o‘zbekistonliklarning fikricha, bu byudjet mablag‘ini bekorga sarflashdir.
13 foiz kishilar esa yozuvchi tashabbusini qo‘llab-quvvatlashgan.
So‘rovda qatnashganlarining 17 foizidan ko‘pi Samarqandga poytaxt maqomini qaytarishga ovoz berishgan. Aynan Samarqand shahri XIV asrda Amir Temir davlatining poytaxti, 1925-1930 yillarda esa O‘zbekiston SSRning poytaxti bo‘lgan.
So‘rovda qatnashganlarning 10 foiziga yaqin qismi O‘zbekiston poytaxtini yangi joyda tashkil qilishga ovoz berishgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Poytaxtni Toshkentdan Jizzaxga ko‘chirish bo‘yicha o‘tkazilgan so‘rovnoma natijalari